Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.
Hukumat qaroriga ko‘ra, ️davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari «Yashil bog‘lar»ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqishi mumkin. Taklif bosqichma-bosqich ma’qullansa, «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilib, bog‘ yaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting